Organik paxtachilikka e’tibor: Toshkentda o‘quv-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
2025-07-31 15:45:00 / Yangiliklar

Trening mashg‘ulotlarida Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, shuningdek, respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan fermerlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga organik paxta yetishtirish bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan metodikalar taqdim etildi. Ayniqsa, yer unumdorligini saqlagan holda yuqori sifatli hosil yetishtirish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va barqaror qishloq xo‘jaligi tamoyillariga e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha orqali paxtachilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, ekologik toza mahsulot yetishtirish bo‘yicha fermerlarning salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan. Shu ma’noda, tashkil etilgan trening mashg‘ulotlari sohaga ilmiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni olib kirish, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.









