“Smart traktor”: Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sari navbatdagi qadam
2025-07-31 15:35:00 / Yangiliklar

Shunday tashabbuslardan biri sifatida, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida innovatsion “Smart traktor” loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Institutning “Mobil energetika va transport vositalari” laboratoriyasi rahbari, texnika fanlari doktori, dotsent B. Kambarov hamda tadqiqotchi-ratsionalizator Sagidullayeva Kumara Salamat qizi tomonidan ishlab chiqilgan “Smart traktor”ning texnik va funksional imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Loyiha to‘liq quyosh energiyasida ishlaydigan, masofadan boshqariladigan robotlashtirilgan traktorni o‘z ichiga oladi. U kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklarining eng ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayonlari — urug‘ ekish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, o‘simliklarni parvarishlash kabi vazifalarni samarali bajarishga mo‘ljallangan.
Tadbir yakunida institut olimlari mazkur loyihani amaliyotga joriy etish, fermerlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va respublika miqyosida ommalashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.



