Shakar kabi xushta’m va foydali tabiiy o’simlik va mevalar haqida eshitganmisiz?
2025-07-29 13:00:00 / Yangiliklar

Chinor siropi: bu daraxt sharbatidan tayyorlangan sirop asal yoki shakarga ajoyib muqobil hisoblanadi. U pastroq glikemik indeksga ega bo’lib, antioksidantlarni o’z ichiga oladi.
Hindiston yong‘oq shakari: Hindiston yong‘oq daraxti sharbatidan tayyorlangan kokos shakarning qayta ishlangan shakli hisoblanadi. U pastroq glikemik indeksga ega bo’lib, iste'mol qilingandan so‘ng qondagi shakar miqdori ko‘tarmaydi. Uni shakar o’rnida har qanday vaziyatda ishlatish mumkin.
Xurmo: uning tarkibida tola va boshqa ozuqaviy moddalar, masalan, kaliy va magniy mavjud. Butun xurmo, xurmo siropi va xurmo pastasi – shirinliklar yoki pishirilgan mahsulotlar o’rniga ajoyib muqobil tanlov bo’la oladi.
Alluloza: u bug‘doy va anjir kabi ba'zi mevalarda mavjud bo‘lgan shakar turi hisoblanib, organizm tomonidan sekin so‘riladi va qondagi shakar darajasiga ta'sir qilmaydi. Alluloza kukun shaklida bo‘lib retseptlar, choy va qahvalarda ishlatilishi mumkin.
Stevia: Stevia o‘simlikka asoslangan bo‘lib, shakardan 200-300 marta shirinroq va qondagi qand miqdoriga ta'sir qilmaydi. U pishiriqlar yoki oddiy shakarni ishlatadigan vaziyat uchun ajoyib tanlov bo’la oladi.
Yakon siropi: unda glikemik indeksi past, prebiotik esa normal holatda bo’lib, ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga ovqatni shirin qila olishi bilan ham ahamiyatlidir.
