O‘zbekiston va ICARDA o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2025-07-28 17:00:00 / Yangiliklar

Muloqot chog‘ida ICARDA vakillari O‘zbekistonning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasini amalga oshirishda Qishloq xo‘jaligini muvofiqlashtirish markazi (QXMM) bilan bevosita hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
Uchrashuvda, shuningdek, ICARDA dunyodagi yetakchi gen banklardan biri sifatida tan olingani, ayni paytda bu yo‘nalishda to‘rtinchi o‘rinni egallab turgani hamda o‘simliklar genetikasi bo‘yicha katta ilmiy tajriba va salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. Tomonlar aynan ushbu yo‘nalishda ham hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida ICARDAning Efiopiyadagi rahbari chorvachilik sohasi bo‘yicha mutaxassis ekani qayd etilib, bu yo‘nalishda O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish va tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik taklif etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ICARDAni HECI – (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) tashabbusi doirasida ham hamkorlik qilishga taklif etdi.


