“Shinjon” usuli: samaradorlik, tejamkorlik va mo‘l hosil
2025-07-24 20:30:00 / Yangiliklar

Fermer xo‘jaligining 7 gektar maydonida xorijiy paxta navi ilg‘or agrotexnika — “Shinjon” usulida, yondosh hududda esa an'anaviy paxta yetishtirilmoqda.
E’tiborlisi, yonma-yon joylashgan boshqa dalada an’anaviy usulda — yakkaqator qilib, ochiq holda paxta ekilgan. Taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, bu usulda yetishtirilgan paxta ko‘rsatkichlari, ayniqsa hosildorlik va o‘sish sur’atlari jihatidan “Shinjon” agrotexnologiyasi qo‘llangan dalaga nisbatan ancha past. Bu holat qishloq xo‘jaligida texnologiya va innovatsiyalarning samaradorlikni oshirishdagi ahamiyatini yaqqol tasdiqlaydi.
Vazir dala boshida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘rganib chiqdi va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Aytish kerak, paxtachilikda yuqori hosil va iqtisodiy samaradorlikka erishmoqchi bo‘lsak, yangi agrotexnologiyalarni joriy etishdan boshqa yo‘l yo‘q. Bu dalada qo‘llanilayotgan “Shinjon” usuli bunga yorqin misoldir
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda paxta yetishtirishda har bir fermer va dehqon samaradorlikni oshirish uchun innovatsiyalarga tayanib harakat qilishi kerak.
