Tuproq sifatini yaxshilashda Hindiston tajribasi
2025-07-24 20:00:00 / Yangiliklar
Tuproq sifatini oshirishning eng muhim usullaridan biri bu – organik moddalarni qo‘shishdir. Uning yuqori miqdori tuproq strukturasini yaxshilashga, yaxshi shamollatishga va ozuqa moddalarini saqlash xususiyatini oshirishga yordam beradi. Bu borada Hindiston tajribasini qo‘llash tavsiya etiladi.

Ba’zi o‘simlik navlari neytral tuproqda yaxshi o‘sadi. Shuning uchun, ekishdan oldin, tuproqning pH darajasini ta’minlash zarur. Darajani tahlil qilish uchun test to‘plamlari mavjud.
Tuproq sifatini yaxshilash borasida gap ketarkan, fermerlarga har doim ham yerga ishlov berish tavsiya etilmaydi. Ishlov berilmagan tuproqdagi mikroblarning faolligi ishlov berilgan tuproqqa qaraganda ko‘proqligi ilmiy izlanishlarda isbotlangan.
Tuproq sifatini oshirishning yana bir usuli – yashil o‘g‘itlar deb ataladigan o‘simliklarni yetishtirish. Bu qoplamali ekinlarga arpa, xantal va sebarga ekinlari kiradi. Ular tuproq unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishi bilan ham ahamiyatlidir.
