Qahva qayerda va qanday yetishtiriladi? Eksportbop navlari qaysilar?
2025-07-24 17:45:00 / Yangiliklar

Qahva o‘sishi uchun eng muhim iqlim omillari – mo‘tadil harorat va yomg‘irdir. Hech bir nav 0°C atrofidagi haroratga bardosh bera olmaydi. 23°C va 28°C gacha bo‘lgan haroratlar eng qulay hisoblanadi. Shu bilan birga, yog‘ingarchilik davri ham qahva daraxti uchun rivojlanish immunitetini beradi.
Qahvaning "Arabica" turlari "Robusta"dan ko‘ra nozikroq va zararkunandalarga nisbatan zaifdir. U nisbatan salqin subtropik iqlimni hush ko‘radi. Shuning uchun ham u 600-2 000 metr balandliklarda o‘stirilib, namlik va soya bilan ta’minlanadi. "Robusta" navi qattiqroq va pastroq balandliklarda – dengiz sathidan 600 metr balandliklarda ham yaxshi rivojlanadi.
Qahva plantatsiyalari asosan tozalangan o‘rmonzorlar yoki moslashtirilgan o‘rmonlarda tashkil etiladi. Bunda yosh qahva ko‘chatlari qator oralab, zich shaklda, gektariga 1 200 dan 1 800 gacha qilib ekib chiqiladi. Ular 3-4 yil o‘tgach hosil berishni boshlaydi. Ungacha ularni parvarish qilish talab etiladi. Bunda ortiqcha shoxlarni qirqiladi, begona o‘tlar olib tashlanadi va urug‘lantiriladi.
"Arabica" naviga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararkunanda - "Hemileia" (qahva zangi zamburug‘i) bo‘lib, u daraxt barglarini quritib yuborish xususiyatiga ega. Qahvaning "Robusta" navi bunga chidamli va sezgir bo‘lsa-da, "Stephanoderes" parazitlari yetkazadigan zararga bardoshsizdir. Bu parazitlar ikkala navning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘iga zarar yetkazadi.
Meva gullash va pishib yetilish davri ikkala navda turlicha kechadi. "Arabica" uchun bu taxminan 7 oy, "Robusta" uchun esa 9 oy. Qahvaning pishgan mevalari qahva giloslari deb nomlanadi va har bir gilosda odatda ikkita qahva urug‘i (loviya) bir-biriga tekis holda bo‘ladi. Meva to‘liq pishgan va qizil-binafsha rangga ega bo‘lganda qo‘l bilan yig‘iladi.
Mevalar saralanib tozalangandan so‘ng, maxsus beton, g‘isht supalar yoki quyosh nuri tushadigan balandliklarda quritish uchun yoyib chiqiladi. Quritish jarayoni 4 haftagacha davom etishi mumkin. Bu jarayon juda muhim bo‘lib, haddan tashqari quritilgan qahva sifati buziladi, nuqsonli loviya hosil qiladi va zamburug‘-bakteriyalarga bardoshsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun vaqti-vaqtida namlantirib turish lozim.
Qahvaning sotuvgacha bo‘lgan saqlash jarayoni me’yordan oshib ketmasligi lozim. Qahvani uzoq vaqt saqlash – muammolarni keltirib chiqaradi, ayniqsa mog‘or va parazitlarning zarar yetkazish xavfi yuqori. Imkon qadar, issiq, quruq va namdan mutlaq holi bo‘lgan hududlarda saqlash tavsiya etiladi.
