Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari
2025-07-14 17:00:00 / Yangiliklar

Tomchilatib sug‘orish tizimi – bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda o‘simlik ildiziga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sug‘orish usulidir.
Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi – qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tuproq va o‘simliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomg‘irlatishni imitatsiya qilish orqali suv yetkazib beradigan usul hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yomg‘irlatib sug‘orishda uning statsionar (qo‘zg‘almas sprinklerlar orqali), mobil (ko‘chma va yarim ko‘chma barabanli) hamda keng qamrovli turlaridan foydalaniladi.
Keng qamrovli – yomg‘irlatib sug‘orish tizimining ikki xil turi, ya’ni o‘z o‘qi atrofida aylanadigan (center pivot) va to‘g‘riga harakatlanuvchi (frontal pivot) turi mavjud.
Diskret sug‘orish tizimi – ekin maydoniga suvni yopiq quvurlar orqali ma’lum bir bosimda yetkazib berish va ekinlarni egiluvchan quvurlar yordamida tanaffuslar bilan bergan holda sug‘orish hisoblanadi.
Agar suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari, suvni tejash usullari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar qiziqtirsa, “Suv” kitob to‘plamidagi “Suv tejashni qo‘llab-quvvatlash” nomli nashr aynan siz uchun.
Unda sohaga oid dolzarb ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar yoritilgan.
Suvdan samarali foydalanishga oid bilimlaringizni oshirishni istasangiz, ushbu kitobni o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.
Kitobni yuklab olish: https://api-portal.gov.uz/uploads/24/2025/07/14/713c037a-b261-c2bc-7856-dda9ef080d9f_media_.pdf
