Ekin maydonini sug‘orishga tayyorlash
2025-07-09 13:10:00 / Yangiliklar

Fermer xo‘jaligi va boshqa suv iste’molchisi suv olishga buyurtma berishdan oldin sug‘oriladigan ekin maydonini sug‘orishga sifatli tayyorlash bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak:
• ekin maydoniga suv keladigan sug‘orish tarmog‘ini loyqa va o‘tlardan sifatli tozalab, suvni ravon oqib kelishini ta’minlashi;
• malakali agronom bilan tuproqdagi namlikni va ekinning fiziologik holatini o‘rganib, tahlil qilish, ekinni suvga kelganini to‘g‘ri baholash. Bundan an’anaviy usullardan (tuproq bir ketmon bo‘yi 30–35 sm chuqurlikda namligini qo‘lda siqish, kunning eng issiq paytida g‘o‘za bargi holatini baholash), shuningdek, namlikni o‘lchagich asboblar bilan tezkor aniqlash;
• ekinni suvga kelishini aniqlagandan keyin 10 kun oldin suv olishga buyurtma berishi;
• suv olishdan uzog‘i bilan bir kun oldin ekinlarni sug‘orish uchun egatlar (jo‘yaklar) olishi;
• suvni tarash uchun yerning nishabligi va tekisligi hamda tuproq mexanik tarkibini e’tiborga olib, nishablikka perpendikulyar qilib har 50–100 metrdan shox ariqlar, har 80–100 metrdan esa o‘q ariqlarni olishi.
• Ekin maydonining eng quyi qismida ham shoxariq olib, suvni kollektor-drenaj tarmog‘iga tushib ketishining oldini olish;
• shoxariqlardan egatlarga (jo‘yaklarga) suv tarash uchun polietilen plyonkalarini oldindan zaxira qilish va boshqa tashkiliy choralarni ko‘rish.
Agar sizni ekin maydonini sug'orishga tayyorlash, suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, suvni tejash usullari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar qiziqtirsa, “Suv” kitob to‘plamidagi “Suvdan foydalanish tartibi” nomli nashr aynan siz uchun.
Unda sohaga oid dolzarb ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar yoritilgan.
Suvdan samarali foydalanishga oid bilimlaringizni oshirishni istasangiz, ushbu kitobni o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.
Kitobni yuklab olish: https://api-portal.gov.uz/uploads/24/2025/07/09/71def62c-388e-a36c-6eb0-bb9005d9b343_media_.pdf
