Kashnichni samarali yetishtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar
2025-06-24 14:00:00 / Yangiliklar

Keyin 1 sotixga 150-200 kg chirigan go‘ng solinadi. O‘simlik qisqa muddatda yetilishini inobatga olib, go‘ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli o‘g‘it solish talab etiladi.
Yer 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sug‘orish egatlari olinadi. Egatlar orasi zich bo‘lib qolmasligi zarur.
Erta hosil uchun urug‘lar 10-15-fevralda, yozgisi 15-iyunda, keyingilari 15-avgustda, 15-oktabrda va to‘qsonbosti qilib 25-noyabrdan 10-dekabrgacha egatlarga qalin qilib sepiladi.
Bir sotixga 100-120 gramm urug‘ sarflanadi. Ular lentasimon usulda 2-3 qator qilib yoki sochma usulda sepiladi. Urug‘ sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtirilib, ustidan mayda chirigan go‘ng sepiladi.
Namlik yetarli bo‘lsa urug‘ 5-10 kunda unib chiqadi. Bu vaqtda 1-2 marta utash, qalin yerlarini biroz yaganalash va 3-4 kunda sug‘orib turish kerak. U yerdan unib chiqqan kundan boshlab 40-50 kunda iste’molbop bo‘ladi.
Aholi kashnichni yangi uzilgan barra holida va quritib qishda ham ishlatadi. Bu ko‘kat yil bo‘yi iste’mol qilinadi. Uning barra barglarini 2-3 marta o‘rib olish mumkin.
