Golubika yetishtirish uchun qanday yer munosib?
2025-06-20 21:45:00 / Yangiliklar
Golubika juda ham foydali va mazali rezavor meva. Uning tarkibida 8% gacha qand, 2,7% gacha organik kislotalar, 0,6% gacha pektin moddalar, 1% gacha oqsil, 1,6% gacha kletchatka, 63 mg gacha C, 0,02 mg gacha B1, 550 mg gacha PP vitaminlar, 0,25 mg gacha karotin moddalari bor.

Tabiiy o‘rmon muhitida golubika ko‘chatlari botqoq yoki daryolar yaqinida o‘sadi, ammo, tuproqning kuchli namligi natijasida yaxshi rivojlanmaydi.
Golubika uchun aholi tomorqalari yoki fermer xo‘jaliklarida quyosh nuri yaxshi tushadigan va kuchli shamollardan holi bo‘lgan joylar tanlanadi.
Ko‘chatlarni ekishdan oldin tuproqning tarkibini jiddiy o‘rganish kerak. Golubika plantatsiyasi uchun ajratilgan yer maydonining tuprog‘i agrokimyoviy tarkibi (mineral va organik zarralar), tuproq turi (qumli, gilli, torfli, botqoq) va tuproq ishqorliligi – pH ko‘rsatkichi darajasi (kislotali, neytral, ishqorli) o‘rganiladi.

