Ham daromad, ham shifo: Xandon pista va uni yetishtirishning afzalliklari
2025-06-20 21:45:00 / Yangiliklar

Pista yontog‘ - yuqori kaloriyali parhez meva bo‘lib, uning tarkibida 40 dan 60% gacha moylar, 15-20% oqsillar, 3-8 % qand moddalari va boshqa ko‘plab mikroelementlar bor.
Bundan tashqari, pista yong‘og‘ining mag‘zi pista moyini olishda, qator qandolatchilik va pazandachilik mahsulotlarini tayyorlashda qo‘llaniladi.
➕Pista surunkali o‘pka kasalliklarini davolashda ham qo‘llaniladi. Mag‘zi ustidagi qatlamdan tayyorlangan nastoykani oshqozon kasalliklarida iste’mol qilishadi.
Shiraning ayrim turlari tushganda pista daraxti barglarida paydo bo‘ladigan moddalar tarkibida 50% tanin mavjud bo‘lib, u tibbiyot sanoati uchun yuqori qiymatli xom ashyo hisoblanadi.
Shuningdek pista daraxti barglarida tanidlar ham bor, ulardan matolarni qora va jigar rangning nozik turlariga bo‘yash uchun bo‘yoq moddalari olinadi.
Pista katroni yuksak texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi, loklarni tayyorlashda ishlatilishi mumkin va samolyotsozlikda keng qo‘llaniladi.
O’rta yer dengizi havzasi mamlakatlarida yuqori daromad keltirgani tufayli pista daraxtini "yashil oltin" yoki "oltin daraxt" deb atashadi.
Xandon pistani yetishtirgan har qanday shaxs tibbiy natijadorlikka erishish bilan birga, yuqori daromad manbaiga ham ega bo‘lishi mumkin. Bozorda pista xaridorlari doim topiladi.
