Xorijiy (ko‘sak qurtiga chidamli) va mahalliy (chidamsiz) g‘o‘za navlarini ko‘sak qurtidan himoya qilish chora-tadbirlari
2025-06-19 17:15:00 / Yangiliklar

Xorijiy, ya’ni ko‘sak qurtiga chidamli intensiv usulda ekilgan (plyonka ostida, 1 ga = 220–240 ming ko‘chat) maydonlar uchun:
Dala atrofida himoya kamari:
Dala atrofida 20% gacha mahalliy navlardan iborat “xo‘rak (qochoq)” maydon tashkil etilishi kerak.
Baland bo‘yli ekinlar bilan himoya:
Urug‘lik maydonlar atrofi oq jo‘xori, supurgi kabi baland o‘simliklar bilan to‘liq o‘ralgan bo‘lishi lozim.
Feromon tuzoqlar:
Ko‘sak qurti kapalagining uchishini nazorat qilish uchun har 1 gektarga kamidan 2 ta feromon tuzoq o‘rnatiladi.
Feromon tuzoqlarga 3–4 ta kapalak tushsa:
1 gektarga 4–5 gramm trixogramma har 3 kunda tarqatiladi (jami 3 marta).
So‘ng, brakon entomofagi 4–5 ming dona miqdorda har 10 kunda tarqatiladi.
Feromon tuzoqlarga 8–10 ta kapalak tushsa:
Bu holda bir marta kimyoviy ishlov beriladi (taxminan tuxumdan chiqqan lichinkalarni yo‘qotish uchun).
Mahalliy (chidamsiz) g‘o‘za navlari uchun:
Feromon tuzoqlar:
Har gektarga 2 tadan feromon tuzoq o‘rnatiladi.
Tuzoqlarga 3–4 ta kapalak tushsa:
4–5 gramm trixogramma har uch kunda, jami 3 marta tarqatiladi.
Keyin brakon entomofagi 4–5 ming dona miqdorda har 10 kunda tarqatiladi.
Tuzoqlarga 8–10 ta kapalak tushsa:
Ishlov indoksokarb, emamektin yoki xlorantraniliprol ta’sir etuvchi moddasiga ega kimyoviy vositalardan biri bilan olib boriladi.
Keyingi ishlovda boshqa moddaga ega vosita bilan almashtiriladi.
100 tupda 5–6 dan ortiq qurt aniqlansa:
Darhol yuqoridagi kimyoviy vositalardan biri bilan ishlov o‘tkaziladi.
10–15 kundan so‘ng 4–5 ming dona brakon paraziti tarqatiladi.
Eslatma:
Har 3 kunda dalaning diagonali bo‘yicha 5 ta nuqtadan, har birida 100 tupdan (jami 500 tup) kuzatuv o‘tkaziladi.
Har bir tadbir dala daftariga yozib boriladi.
Kimyoviy vositalar karantin inspektori xulosasi asosida qo‘llaniladi.
