Grant dasturi qabul muddati uzaytirildi
2025-06-16 17:30:00 / Yangiliklar

Tanlov uch bosqichda bo‘lib:
– birinchi bosqichda talabgor mazkur havola (https://forms.gle/UrwnXNYrohLUxP7S9) orqali ariza to‘ldiradi *(talabgorlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari yoki bitiruvchi bosqich talaballari bo‘lishi zarur).
– ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (https://api-portal.gov.uz/uploads/24/2025/05/30/1d091330-a518-bd3f-0c8d-f84593b81b61_media_.pdf) (ta'lim yo‘nalishiga qarab) bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi.
– uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:
a) amaldagi xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2025-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma);
d) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
e) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
f) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
g) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho;
h) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).
Qo‘shimcha savollar uchun h.suyarova@agro.uz email'ga murojaat qilishingiz mumkin.
Arizalar 2025-yilning 23-iyun kuni soat 15:00 gacha qabul qilinadi.
