O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida agrar hamkorlik mustahkamlanmoqda
2025-06-10 18:55:00 / Yangiliklar

Ana shunday muhim muloqotlardan biri Slovakiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish vaziri Richard Takach bilan bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhim o‘rin oldi. Shuningdek, Slovakiya investorlarini O‘zbekiston agrar sohasiga jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar yaqin istiqbolga doir aniq rejalarni muhokama qilib, agrar hamkorlikning yanada chuqurlashib borishini ta’minlovchi kelishuvlarga erishdilar. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlar mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Ma’lumot o‘rnida: Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat iqtisodiy hamkorlik, balki fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or tashabbuslar uchun ham muhim platformaga aylanmoqda. Slovakiya bilan agrar yo‘nalishdagi bunday muloqotlar esa O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish yo‘lida muhim qadam sanaladi.



