"AgroTarozi" axborot tizimi ishlab chiqilmoqda
2025-06-10 16:05:00 / Yangiliklar

Ushbu tizim elektron tarozilar orqali xomashyo og‘irligini aniqlab, barcha o‘lchov va hisob-kitoblarni avtomatik tarzda markaziy bazaga uzatadi. Bu esa inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish, ma’lumotlar aniqligi va tezkorligini ta’minlash, shuningdek, jarayonlarni shaffof va samarali yuritish imkonini beradi.
"AgroTarozi" orqali laboratoriya xulosalari raqamli ko‘rinishga keltiriladi, real vaqt rejimida kuzatuv, statistik tahlil va elektron hisobotlar shakllantiriladi. Tizim nafaqat fermerlar va qabul punktlari uchun qulaylik yaratadi, balki buxgalteriya va davlat tizimlari bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi.
Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi Namangan viloyatidagi klasterlarda tizimni sinovdan o‘tkazmoqda. Mahalliy klaster vakillari bilan muloqotda bo‘lib, "AgroTarozi"ning ishlashi haqida barcha ma’lumotlarni bermoqda.




