Nishon dalalarida paxtaning xorijiy navlari sifatli rivojlanmoqda
2025-06-04 15:00:00 / Yangiliklar

Bu yerda g‘o‘za navlari zamonaviy agrotexnologiya asosida parvarish qilinmoqda. Mas’ullarning ta’kidlashicha, maydonning har gektariga belgilangan miqdordagi ko‘chatlar yerga qadalgan bo‘lib, ular hozirgi kunda sifat darajasida yetilmoqda.
Yetishtirish jarayoni zamonaviy yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yilgan, barcha agrotexnik tadbirlar — chopiq ishlari, qator oralariga ishlov berish, sug‘orish jarayonlari to‘liq ravishda aqlli hamda intensiv texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida Ibrohim Abdurahmonov yondosh hududda joylashgan yana bir paxta dalasini ham ko‘zdan kechirdi. Bu yerda g‘o‘zaning Xitoy navi belgilangan tartibga ko‘ra parvarish qilinmoqda. Chigitlarning sifati va rivojlanish sur’ati yuqori bo‘lgani sababli, joriy yilgi hosildorlik yuqori bo‘lishi aytib o‘tildi.
Umuman olganda, xorijiy va mahalliy navlarni yetishtirishda Paxtachilik kengashi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy amal qilish muhim. Bu jarayonda navning o‘zidan ko‘ra, unga to‘g‘ri va ilmiy asoslangan yondashuv muhim ahamiyatga ega.
Vazir aynan shu jihatlarga urg‘u berib, barcha mas’ullarga ishni tizimli va belgilangan tartibda olib borish, ekinlarni oziqlantirishda ko‘rsatmalarga to‘liq rioya qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.









