Muammolarga yechim topish — soha rivojini ta’minlovchi muhim omil
2025-06-02 16:30:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda, bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari bilan video-konferens-aloqa shaklida ochiq va konstruktiv muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sohaga oid dolzarb masalalar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish subyektlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan yangi hamkorlik shakllari, resurslardan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi, hosildorlik ko‘rsatkichlari va eksport imkoniyatlari muhokama qilindi.
Klasterlar faoliyatida samaradorlikni oshirish, fermerlar va ishchilarni moddiy rag‘batlantirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, suv tejovchi usullarni keng qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi tajriba va amaliy natijalar almashildi.
Vazir o‘z navbatida, bugungi kun tadbirkori — bu nafaqat iqtisodiy jarayon ishtirokchisi, balki xalq turmushi, ijtimoiy barqarorlik va mamlakat kelajagining bunyodkoridir. Davlatimiz rahbari tomonidan biznes vakillariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar — bu oddiy ko‘mak emas, balki ulkan ishonchning yaqqol ifodasi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuvda klaster rahbarlari amaliy faoliyatda duch kelayotgan muammolar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan bog‘liq noaniqliklar, infratuzilma masalalari, kredit va moliyaviy resurslarga ega bo‘lishdagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdilar.
Mavjud masalalarning har biri bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Yaqin istiqbolda ularni bosqichma-bosqich hal etish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va fermerlar uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.









