Agrar sohada ilmiy yondashuv yuqori samaradorlik demak
2025-05-31 14:10:00 / Yangiliklar

Mazkur xo‘jalik umumiy 70 gektar maydonni egallagan bo‘lib, unda Xitoyda ishlab chiqilgan Xin Lu Zao-78 navli paxta ekinlari qo‘shqator usulda ochiq dalaga ekilgan.
Bu nav yuqori hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Dala maydoni ko‘zdan kechirilar ekan ushbu nav agrotexnik talablarga qat’iy amal qilgan holda parvarish qilinayotgani, nihollar barg chiqarish bosqichida sog‘lom rivojlanayotgani va paxtaning pishib yetilish jarayoni izchil kechayotgani qayd etildi.
Xo‘jalik hududida, shuningdek, xo‘rak maydoni sifatida S-8290 navli ekin joylashtirilgan. Bu navning tanlanishi va ekilish tartibi metodik talablarga to‘la mos ravishda amalga oshirilgan.
Xo‘rak maydoni ahamiyati shundaki, u hayvonlar uchun yem-hashak bazasini mustahkamlash bilan birga, tuproq unumdorligini saqlash, dalada ozuqaviy aylanishni to‘g‘ri tashkil etish hamda agroekologik muvozanatni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Tashrif davomida vazir paxtachilikda hosildorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, ayniqsa, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, o‘g‘itlardan me’yorida foydalanish, begona o‘tlarga qarshi kurashni tizimli tashkil etish hamda biologik vositalar asosida zararkunandalarga qarshi choralar ko‘rish muhim masalalardan biri ekanini qayd etdi.
Albatta, bugungi harakat ertangi samaradorlik va yuqori hosildorlik demak.









