Malina shifobaxsh rezavor meva
2025-05-29 13:35:00 / Yangiliklar
Malina – tomorqalarda keng tarqalgan qimmatli rezavor ekin. Uning mevasi o‘zining ajoyib mazasi va xushbo‘y hidi bilan ajralib turadi.

U iste’mol qilinuvchi mahsulot sifatidagina qimmatli bo‘lmay, balki shifobaxsh ham – ho‘l va quritilgani terlatuvchi, isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining Vodil nav sinash uchastkasida ham daromadli soha bo‘lmish malina yetishtirish bilan shug‘ullanishmoqda.
Uchastkada jami 13,8 gektar maydonning 6 gektarida malina yetishtiriladi, qolgan maydonlarida esa mevali daraxtlar va sabzavotlar ekib parvarishlanmoqda.
Malinani yetishtirish, parvarishlash va hosilni sotish orqali yuqori daromadga erishish mumkin. Asosiysi, uni har qanday xonadon egalari yetishtira oladi.
