Tuproq sho‘rlanishi va uni oldini olish
2025-05-26 16:35:00 / Yangiliklar

Sho‘rlangan tuproqlarda tuzlarning dastlabki ta’siri urug‘ning bo‘rtishi va o‘sishidan boshlanadi va pishib yetilguncha davom etadi.
Sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarni yanada kengaytirishda asosiy manba hisoblanadi. Shuning uchun ulardan foydalanish bu tuproqlar unumdorligini yaxshilash, dehqonchilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlarga o‘g‘it solish, sho‘rtobli qatlamlarni ag‘darib chuqur haydash, sug‘orish ishlarini keng ko‘lamda joriy qilish, yer osti suvlar yuza joylashgan yerlarda zovurlar qazib, ularning sathini pasaytirish kabi tadbirlar bu tuproqlarning fizikaviy, kimyoviy xususiyatlarini yaxshilab, unumdorligini oshirishdagi asosiy tadbirlardan hisoblanadi.
