Har bir boshoqda – mehnat, har bir gektarda – ilmiy yondashuv
2025-05-13 10:30:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Surxondaryo viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif manzili Termiz tumani “Surxon yangiariq” hududidagi “Qoraxon” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alla dalasi bo‘ldi.

21 gektar maydonga bug‘doyning “Alekseyivich” navi ekilgan bo‘lib, har bir don, har bir qatorda ilmning nafasi seziladi. Yarovizatsiya qilingan, zamonaviy seyalkalarda ekilgan bu navning har bir kvadrat metrida 850–900 ta boshoq kuzatilmoqda. Bu – oddiy hisob-kitob emas, amalda 100 sentner hosil demakdir!





