Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
2025-05-08 12:15:00 / Yangiliklar

Mazkur sana munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari, shuningdek, Mudofaa vazirligi Faxriylar Kengashining targ‘ibot guruhi a’zolari — iste’fodagi general-mayor Aleksandr Qambarov hamda podpolkovnik Nariman Raximov ishtirok etdi. Ularning tarixiy ma’lumotlarga boy, hayajonli xotiralar bilan boyitilgan nutqlari tadbirga chuqur ma’no va o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.
Tadbir davomida yurtdoshlarimizning Ikkinchi jahon urushidagi jasorati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi. Millionlab yurtdoshlarimiz urushga safarbar etilgan bo‘lsa, minglab insonlar front ortida mashaqqatli mehnat qilgan. Ayniqsa, o‘zbek dehqonlarining frontni oziq-ovqat va paxta mahsulotlari bilan ta’minlashdagi xizmatlari yuksak baholandi.
Tadbir davomida yosh avlod vakillariga tarixiy haqiqatlar yetkazildi, qahramonlik saboqlari orqali ularning qalbida Vatanga muhabbat, xalqiga sadoqat va kasbiga mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.









