Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston va Vengriya o'rtasida hamkorlik aloqalari kengaytiriladi
2025-05-07 12:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuv, avvalo, ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, raqamli yechimlar asosida hamkorlik yo‘llarini izlashga bag‘ishlandi.
O‘zbekiston tomonining bu boradagi ochiqligi va konstruktiv yondashuvi Vengriya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba, xususan, Vengriya modeli muhokama markazida bo'ldi.
Alisher Shukurov, o‘z navbatida, raqamlashtirish jarayonlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi hal qiluvchi omillardan biri ekanini ta’kidladi. U Vengriya texnologiyalari va tajribasini mamlakatimizda joriy etish borasidagi istakni ifoda etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari batafsil tanishtirildi. Jumladan, sun’iy intellekt, dron texnologiyalari, onlayn monitoring va agroanalitika yo‘nalishlaridagi ishlar misol sifatida keltirildi.
Muloqot samarasida tomonlar qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va istiqbolda ushbu yo‘nalishda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.









