Sport jamoani birlashtiradi: mini futbol musobaqalari start oldi
2025-04-30 10:20:00 / Yangiliklar
Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishga aylangan.

Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida 2025-yil 3–17-may kunlari xodimlar o‘rtasida mini futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Ministry United”, “Agrotexnologiya”, “Agrosanoat”, “Agro Striker”, “Aloqachi”, “Media makon” va “Agro Finance” jamoalari raqiblarini aniqladi.
Guruh bosqichi 3-may kuni, yarim final va final bellashuvlari esa 17-mayda bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa sog‘lom raqobat, hamjihatlik va jamoaviylik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bu tashabbus sport orqali jips va faol jamoani shakllantirish yo‘lida muhim qadamdir.









