Mehnat bor yerda unumdorlik bo‘ladi
2025-04-25 20:00:00 / Yangiliklar

Umumiy maydoni 5,2 gektarni tashkil etuvchi mazkur xo‘jalik, asosan, manzarali va mevali ko‘chatlar yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirgi kunda 40 turdagi ko‘chatlar sifat darajasida yetishtirilmoqda.
Xo‘jalik rahbari Bahrom Yusupovning aytishicha, bu yerda yiliga 40 ming dona turli xildagi ko‘chatlarni parvarishlash imkoniyati mavjud. E’tiborlisi, mahsulotlar sotuvidan har yili 1 milliard so‘mgacha daromad olish mumkin.
Fermerga ko‘ra, mavsumiy va doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lish uchun mahalladagi ayollar hamda yosh shogirdlar ko‘chatchilik ishlariga jalb etilgan bo‘lib, hududdagi aholi xonadonlarida barpo etilgan issiqxonalarga ko‘chatlar yetkazib berish bo‘yicha faoliyat keng yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, ekinlar viloyatning boshqa hududlariga ham yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, mahalla va yondosh tumanlardan kelgan yoshlar hamda dehqonchilik, fermerchilik yo‘nalishiga qiziqqan aholi vakillarini o‘qitish tizimi ham tashkil etilgan.
Unda manzarali va mevali ko‘chatlarni to‘g‘ri yetishtirishga oid ko‘plab ma’lumotlar va tushunchalar beriladi. Shu bilan birga, ko‘plab aholi vakillari ish bilan ta’minlanib, tajriba orttirishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Vazir barcha jarayonlarni ko‘zdan kechirar ekan, mazkur fermer xo‘jaligining ayni paytdagi faoliyatini qoniqarli deb baholadi. Shu bilan birga, yetishtirilayotgan ko‘chatlar soni va navlarini ko‘paytirish, aholi vakillarining bu boradagi ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan o‘zining tavsiya va topshiriqlarini berdi.









