Ishlarni tizimli tashkil etish samaradorlikning bosh omili
2025-04-25 17:20:00 / Yangiliklar

Dastlab, qishloq xo‘jaligining bugungi holati, mavjud resurslardan samarali foydalanish, eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish tizimini shakllantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir hududdagi agrar muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq yechimlar ishlab chiqish va natijadorlikka erishish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimiga oid takliflar ishlab chiqildi.
Vazir o‘z nutqida qishloq xo‘jaligi bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etayotgan soha sifatida zamonaviy, ilmiy asoslangan, texnologik va innovatsion yondashuvlarni talab qilayotganini alohida ta’kidladi. Shu bois har bir tuman va sektor faoliyati zamonaviy boshqaruv tamoyillariga tayangan holda tashkil etilishi lozimligi qayd etildi.
Vertikal boshqaruv tizimi, hududiy bo‘linmalarning yagona boshqaruv zanjiriga asoslanishi, mas’uliyat va natijadorlik tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat yuritish zarurligi ta’kidlandi.
Samimiy ruhda kechgan muloqotda soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, bozor talablariga mos ravishda faoliyat yuritishi hamda global raqobatga tayyor turishi zarurligini qayd etildi. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanish, intensiv texnologiyalarni joriy etish va sug‘orish tizimlarini, jumladan, ariq-zovurlarni tartibga solish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud zaxiralarni hisobga olish va ularni samarali boshqarish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, “Ombor kitobi” tizimini joriy qilish — oziq-ovqat mahsulotlarining kirim-chiqimini doimiy qayd etib borish orqali zaxiralarni nazorat qilish imkonini berishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, vazir paxta yetishtirish bo‘yicha Paxtachilik kengashi olimlari ishlab chiqqan uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy amal qilish, xorijiy navlar uchun xo‘rak maydonlari, mahalliy navlar uchun esa himoya zonalarini tashkil etish hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini tizimli joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.









