O‘zbekiston Global Ochlik Indeksi bo‘yicha mintaqada yetakchi
2025-04-25 16:50:00 / Yangiliklar
📌 2024-yil holatiga ko‘ra Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar reytingi:
🔹 Qozog‘iston – 25 ball
🔹 Qirg‘iziston – 36 ball
🔹 Tojikiston – 65 ball
🔹 Turkmaniston – 50 ball
2020-yilga nisbatan GHI dinamikasini tahlil qiladigan bo‘lsak:
📉 Tojikiston – eng og‘ir holatda, oxirgi uch yil ichida indeks 62–67 ball oralig‘ida bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida jiddiy muammolar mavjud.
📊 Qozog‘iston – 2020-yilda 21 ball bilan boshlagan, biroq 2021-yilda indeks 28 ballgacha ko‘tarilgan, hozirda esa 24–25 atrofida barqarorlashgan. Bu oziq-ovqat xavfsizligida muayyan tahdidlar borligini anglatadi.
🔍 Qirg‘iziston – asta-sekin ijobiy o‘zgarishlar mavjud: indeks 42 dan 36 gacha pasaygan.
🟠 Turkmaniston – 2020-yildan buyon 48–52 ball oralig‘ida saqlanib qolmoqda, bu esa barqaror, biroq muammoli vaziyatni bildiradi.
📊 Global Hunger Index qanday hisoblanadi?
GHI har yili xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadi va bolalar o‘limi, o‘sishdan qolish, kam vaznlik va aholi orasida yetarli ovqatlanmaslik kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.
U oziq-ovqat xavfsizligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi:
🔹 Ovqatlanish sifati va yetarli darajadagi iste’mol
🔹 Bolalar salomatligi va o‘sish sur’atlari
🔹 Umumiy sog‘liq va ijtimoiy infratuzilma holati
