Jizzax viloyatida g‘o‘za yetishtirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi
2025-04-25 14:55:00 / Yangiliklar

Seminarida g‘o‘za yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar, shu jumladan urug‘lik maydonlarida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni, ya’ni o‘sishni boshqarish, sug‘orish, ishlov berish va oziqlantirish kabi muhim jarayonlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika ishchi guruhi a’zolari, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi direktori O.Matyakubov, Tolali ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Q.Jumaniyozov va Respublika agroximyoviy tahlil markazi direktori V.Muxitdinovlar ishtirok etdilar. Ushbu tadbir Mirzachul va Zafarobod tumanlarida joylashgan paxtachilik kengashi a’zolari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, seminarlar g‘o‘za yetishtirish va paxtachilikni rivojlantirishda yangi agrotexnologiyalar va ilmiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan.
Bu kabi treninglar, agrotexnologiyalar sohasidagi yangi yo‘nalishlarni amalga oshirish va paxtachilikni samarali rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.








