Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2025-04-25 11:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Vazirlikning Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Teshaboyev "Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar va tizimdagi rahbarlarning shaxsiy mas'uliyati" mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.
Ma'ruzada korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, 2025-yil 21-aprelda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar” farmoni mazmuni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yuqori darajadagi mas’uliyat va o‘rnak bo‘lishning ahamiyati ta'kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy yondashuvlar va tizimdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot oldilar. Mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan takliflar muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimdagi shafoflikni ta'minlash va xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.









