Xitoy texnologiyasi – mahalliy fermerlar tajribasida
2025-04-24 17:55:00 / Yangiliklar

Mazkur maydonda xorijiy “Hongtai-6636” paxta navi Xitoy texnologiyasi asosida, 76x10 sxema bo‘yicha qo‘shqator usulda ekilgan. Urug‘lar plyonka ostiga joylashtirilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu ishlar maxsus ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma asosida amalga oshirilayotgani e’tiborga molikdir.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yangi navlarni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida dala maydonida alohida xo’rak maydonlari tashkil etilgan. Ushbu hududda esa mahalliy “Sulton” paxta navi parvarish qilinmoqda.
Ma’lumki, paxtani sifatli va mo‘l hosil bilan yetishtirishda fermerlar hamda dehqonlar uchun ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma juda muhim ahamiyatga ega. Unda nav tanlashdan tortib, hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan barcha agrotexnik tadbirlar bosqichma-bosqich va aniq tavsiyalar bilan yoritilgan.
Vazir tashrif davomida aynan shu masalaga alohida e’tibor qaratib, qo‘llanmadan doimiy foydalanish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u mas’ullarga ekinlarni oziqlantirishda me’yorlarga qat’iy amal qilish, agrotexnik ishlar jarayonida ilmiy yondashuvlarni muntazam joriy etib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.




