Farg‘ona: aholi xonadonlari namunaviy tadbirkorlik maskaniga aylanyapti
2025-04-18 11:45:00 / Yangiliklar

Mazkur xonadon bir necha yillardan beri pillachilik bilan shug‘ullanib, sohada barqaror natijalarga erishib kelmoqda. O‘tgan yil birgina qutidan 100 kilogramm sifatli pilla hosili olingan bo‘lsa, joriy mavsumda ikki quti ipak qurti parvarishlanmoqda. Rejalarga ko‘ra, bu yilgi hosil 200–250 kilogrammgacha yetishi kutilmoqda.
Bu oila uchun pillachilik nafaqat daromad manbai, balki baraka, mehnatsevarlik va birlik timsoliga aylangan. Ayni paytda ushbu faoliyat bilan to‘rt nafar oila a’zosi muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Sof mavsumiy daromad esa — 4,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Eng muhimi, bu raqamlar ortida fidokorona mehnat, vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lishga bo‘lgan samimiy intilish mujassam.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov bu tashabbusni yuqori baholarkan, pillachilik sohasini yanada rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va yoshlarni ham ayni sohaga jalb qilish zarurligini ta’kidladi.
Darhaqiqat, Imonovlar xonadonidagi kabi fidokorona tashabbuslar qishloq hayotining zamonaviy qiyofasini belgilayotgan, milliy agrosohani raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan tarmoqqa aylantirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘layotgan amaliy misollardan biridir.
Bunday tashabbuslar zamirida qishloq hayotining iqtisodiy yuksalishi va ijtimoiy barqarorligiga zamin yaratadigan muhim omillar mujassam.









