Bepul o’g’it: ozuqa moddalariga boy tovuq go’ngidan qanday foydalanish mumkin?
2025-04-18 08:55:00 / Yangiliklar

Tovuq go‘ngida azot miqdori ko‘pligini hisobga oladigan bo‘lsak, ortiqcha foydalanish natijasida ba’zi o‘simliklarning ildizini kuydirib qo‘yishi mumkin. Demak, foydalanishda e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Biroq, azot moddasini ko‘proq xush ko‘ruvchi o‘simliklar bor. Ularga bargli sabzavotlar (salat, ismaloq, karam), ildiz sabzavotlari (sabzi, kartoshka, parsnip, turp), mevali daraxtlar (olma, nok, shaftoli) kiradi. Lekin no‘xat, loviya, yasmiq, pomidor, qovoq, baqlajon tovuq go‘ngiga mutlaqo muhtoj emas.
Go‘ngdan quritish va kompost qilish orqali foydalanish mumkin. Tovuq axlati 45 kun davomida quritiladi. Uni namlikdan himoyalagan holda kukunga aylantirib, bog‘dagi toza tuproq bilan aralashtirish kerak. Kompost qilishda esa, uglerodga boy organik chiqindilar (quruq barglar, maysazorlar) qo‘l keladi.
Tayyor ozuqani sentabr va noyabr oylarida yoki fevral va aprel oylarida qo‘llash mumkin. Go‘ngdan tayyorlangan kukun tuproq sirtga sepib chiqiladi. Kompost esa, sabzavotlarning atrofiga qo‘shiladi yoki o‘simliklarining poyiga qalin mulch qatlami kabi tarqatiladi.
