Buxoro: Yangi agrotexnologiyalar va oqilona yondashuv
2025-04-11 12:10:00 / Yangiliklar

19 gektar maydonni egallagan hududda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan. Bu esa resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ayniqsa suv tanqisligi sharoitida nihoyatda muhim yechim ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
Bu yerga ekilgan "Buxoro-10" paxta navi esa allaqachon unib chiqqan bo‘lib, agrotexnologiyaning to‘g‘ri qo‘llanilishi va zamonaviy sug‘orish tizimining samaradorligi natijasida hosildorlik sezilarli darajada oshgan. Sermahsullikka ega navlarning ekin maydonlariga uyg‘un tanlanishi dehqonchilik faoliyatining ilmiy asosda amalga oshirilayotganini ko‘rsatmoqda.
Vazir dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, bu yerda agrotexnik talablarga rioya qilinishi va hosil parvarishidagi yondashuvlarni ijobiy baholadi. Shu bilan birga, xo‘jalikda xo‘rak maydonlarini tashkil etish zarurati qayd etildi. Bu esa fermer xo‘jaligi infratuzilmasini yanada mustahkamlash, chorvachilik bilan uzviy bog‘liq holda yondashish ekanidan dalolat beradi.
Albatta, qishloq xo‘jaligi bugun oddiy ekin ekish bilan emas, balki ilm, texnologiya va strategik qarorlar bilan boshqariladigan murakkab tizimga aylangan. Tomchilatib sug‘orish, seleksion navlar va yer resurslaridan oqilona foydalanish kabi innovatsion yondashuvlar yangi davr qishloq xo‘jaligi uchun asosiy omillar hisoblanadi.






