Buxoro: Peshkudagi innovatsion o'rdak plantatsiyasi
2025-04-10 19:50:00 / Yangiliklar

Tabiat qo‘ynidagi bu maskan — Zaxkash arig‘i bo‘yida qad rostlagan bo'lib suv havzasining 800 metr qismida o‘rdaklar uchun tabiiy yashash muhitini yaratilgan. Bu yerda hozirda 7 turdagi 500 bosh o‘rdak parvarishlanmoqda.
Tadbirkorning so'zlariga ko'ra har kuni o‘rtacha 250 dona yangi, ekologik toza tuxum olinmoqda. Mahalliy aholi esa bu orqali barqaror daromad topmoqda, yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov bu tashabbusni yuqori baholab, bunday kichik, ammo barqaror ishlab chiqarish nuqtalari qishloq xo‘jaligining yangi yo‘nalishlari — agroturizm, mini-fermerlik va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
O'z navbatida, vazir suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahalliy sharoitga mos qushchilik yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash — bizning ustuvor vazifamizdir. Bunday loyihalar orqali nafaqat oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanadi, balki qishloqda barqaror yashash manbai shakllanishini qayd etdi.
Shuningdek, hududda o‘rdak mahsulotlarini qayta ishlash va ichki bozorga yetkazib berish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
Albatt, mazkur plantatsiya — oddiy tashabbus ortidagi katta imkoniyat namunasi. Bir tomonda — mahalliy aholi bandligi, ikkinchi tomonda esa — sog‘lom va tabiiy mahsulotlar iste’molchiga yetib borayotgani.
Buxoro vodiysidagi suv bo‘yida jonlangan bu hayot — Yangi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi yangi nafasdir.






