Yangiliklarni joriy etish agrar tarmoq taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi
2025-04-10 18:40:00 / Yangiliklar

Mazkur dalada 76/10 sxemasi asosida, qo‘shqator qilib, ochiq usulda xorijiy paxta navlari ekilgan. Fermer xo‘jaligi rahbarining ta’kidlashicha, 2024-yilda olib borilgan kuzatuvlar natijasida "Shinjon" uslubida paxta ekish samarali ekanligi aniqlangan.
Bugungi kunda fermerlar doimiy ravishda izlanish olib borib, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, fermer zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda, yangi navlar va agrotexnologiyalarni o‘z dalalarida tajriba tariqasida joriy etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Eng asosiysi, xorijiy navlar va an’anaviy mahalliy g‘o‘za navlarini intensiv usulda yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida ekilmoqda.
Tanishuv davomida xorijdan olib kelingan baraka urug‘larining unib-o‘sishini, shuningdek, bu maydonda agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Asosiy maqsad esa paxtadan yuqori hosildorlikka erishishdir.






