Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-04-10 17:55:00 / Yangiliklar

Unda vazirlikning Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi E.Tog‘aymurodov “Amir Temur va Temuriylar davri renessansida qishloq xo‘jaligi sohasining tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida taqdimot shaklidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ma'ruzada Amir Temurning boy hayoti, siyosiy va harbiy faoliyati, shuningdek, ilm-fan, madaniyat va qishloq xo‘jaligi sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida Amir Temurning qishloq xo‘jaligiga e'tibori, suv inshootlarini barpo etish, yer-suv islohoti va dehqonchilik madaniyatining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritildi. Shuningdek, u barpo etgan obodlik va bunyodkorlik ishlari orqali qishloq infratuzilmasining mustahkamlanishi, dehqonchilik uchun qulay sharoitlar yaratilgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uni keng targ‘ib etish va yosh avlod qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantirish lozimligini ta’kidlashdi.
Mazkur tadbir xodimlarda tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish va buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘lidan saboq olish maqsadida muhim ahamiyat kasb etdi.








