Karmana dalalarida an’anaviy dehqonchilik zamonaviylik bilan uyg‘unlashmoqda
2025-04-10 14:55:00 / Yangiliklar

25 gektardan iborat yer maydoni ayni paytda ekin ekishga puxta tayyorlanmoqda. Bu shunchaki yer emas, balki kelajak orzulari qad rostlaydigan maskan. Yaqin 4-5 kun ichida namlik me’yorga yetgach, chizel va barana bilan oxirgi bor ishlov berilib, keyin molalab chiqiladi. Va nihoyat, zamonaviy yondashuv — 76/10 sxema asosida, plyonka ostida tomchilatib sug‘orish usuli orqali xorijiy paxta urug‘i yer bag‘riga qadaladi.
Vazir Abdurahmonov dala ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, bu kabi agrotexnik tadbirlar nafaqat sho‘r yuvishda, balki yer unumdorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, vazir bugungi dehqon har bir tomchini tejab ishlatishi, har bir gektardan maksimal hosil olishni ko‘zlashi kerak. Buning uchun esa ilm-fan, texnologiya va tajriba uyg‘unligida ishlash zarurligini ham qayd etdi.
Shuningdek, dala shiyponida tashkil etilgan uchrashuvda fermer xo‘jaligi rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari ishtirokida ochiq muloqot va seminar bo‘lib o‘tdi. Bu yerda vazir yerga ishlov berishning zamonaviy uslublari, suv resurslaridan samarali foydalanish, yuqori hosilli navlarni tanlash borasida o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Albatta, gap faqat urug‘ni yerga qadashda emas — gap yondashuvda, natijada. “Xizr Nazar” dalasida bugun urug‘ emas, ishonch ekilmoqda. Yerni e’tibor bilan quchayotgan har bir dehqon nigohida esa bitta maqsad: yuqori hosil, ertangi daromad va farovon hayot.





