O‘zbekiston–Slovakiya: o‘zaro hamkorlik yangi loyihalar bilan yanada mustahkamlanmoqda
2025-04-08 17:05:00 / Yangiliklar

Unda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, yangi va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Rokosan s.r.o." kompaniyasining innovatsion texnologiyasini respublikamizning turli hududlaridagi paxta va g‘alla maydonlarida joriy etish hamda uni iqlim sharoitiga moslashtirgan holda agrotexnik amaliyotlarga to‘laqonli tatbiq etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniya organo-mineral va aminokislotali o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 20 yillik tajribaga ega. Asosan o‘simliklar uchun kompleks oziqlantirish yechimlarini taklif etadi.
Uchrashuv davomida mazkur korxona taklif etayotgan istiqbolli loyihalarni ilmiy yondashuvlar asosida bosqichma-bosqich joriy etish, ishlab chiqarilayotgan o‘g‘itlarni tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazish va bu boradagi moliyaviy masalalarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish yuzasidan kelgusi rejalar belgilab olindi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida barcha kelishuvlarning ijobiy natijadorligini ta’minlaydigan muhim va ahamiyatli takliflarni bildirar ekan, bu yo‘nalishda hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi.









