O‘zbekiston – Xitoy: yangi investitsion loyihalari muhokama qilinmoqda
2025-04-02 18:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda 800 dan ortiq yirik qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohasidagi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi ko‘rgazma davomida o‘z taqdimotlarini amalga oshirdi va bir qator xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Jumladan, “Beijing Hrunan Technology” kompaniyasi bilan suv tejovchi texnologiyalar va suvni boshqarish mahsulotlarini joriy etish, “Tianjin Hongwang” kompaniyasi bilan aqlli issiqxonalar qurish va maxsus issiq qoplamalar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining tajriba xo‘jaligidagi eski issiqxonalarni zamonaviylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Rainborn” kompaniyasi vakillari bilan tuproq monitoringi loyihalari, “Shanghai Argist Co.LTD” va “Defa Science and Technology” kompaniyalari bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi.
Delegatsiya tashrif rejasida Xitoyning yirik universitetlari va ilmiy markazlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish belgilangan.







