Ardenna ot zoti haqida eshitganmisiz?
2025-03-27 18:30:00 / Yangiliklar

Ardenna otlari o‘zining kuchi va bardoshliligi bilan ajralib turadi:
Tirik vazni: 600–700 kg. Ayrim nasldor otlarning vazni 800 kg gacha yetadi.
Balandligi: 148–160 sm.
Ko‘krak aylanasi: 190–210 sm.
Ranglari: Asosan qizig‘ish, kulrang, qizg‘ish-kulrang ranglar tarqalgan. Ba'zan qora yoki to‘q jigarrang rangli zotlar ham uchraydi.
Ularning anatomik xususiyatlari – og‘ir yuklarni uzoq masofalarga tashishda va qiyin iqlim sharoitida ishlash uchun juda moslashgan.
🌎Bu zot Avstriya, Vengriya, Argentina, Chili kabi mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli yetishtirilib, asosan qishloq xo‘jaligi va transport ishlari uchun ishlatiladi.
✅Ardenna otlari:
Tez yetiluvchan: Bir yildan keyin ishga yaroqli bo‘ladi.
Chidamliligi: Og‘ir yuklarni uzoq masofaga tortib borishga qodir. Tog‘li hududlarda ham ishlay oladi.
Ozuqa tanlamaslik: Oddiy yem bilan ham yaxshi oziqlanadi va kuchli bo‘lib qoladi.
Temperamenti: Yumshoq, xotirjam va o‘rgatishga yaroqli.
🫥Bugungi kunda Ardenna otlari qishloq xo‘jaligi ishlari bilan bir qatorda:
– Sayyohlik va festivallarda (aravalarda sayohat qilish yoki ko‘rgazmalarda qatnashish uchun),
– Ot sportida (arava tortish bo‘yicha musobaqalar),
– Ekologik transport (qiyin tog‘li yoki botqoqli hududlarda yuk tashish) uchun ishlatilmoqda.
🔗Qiziqarli faktlar:
– Ushbu zotning kuchi va chidamliligini tekshirish uchun arava tortish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi, bunda ular o‘zining tengsiz kuchini namoyish etadi.
– Ardenna zotlari asosida Rossiyada rus og‘ir yuk tortuvchi ot zoti, Boltiqbo‘yi ot zoti kabi yangi zotlar yaratilgan.
– Ardenna zotli otlar odatda 25 yilgacha yashaydi.


