2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligining rivojlanishi
2025-03-26 12:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasi mintaqada yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda: yalpi mahsulot hajmi Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonning ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lib, bu uning ko‘lami va strategik ahamiyatini aks ettiradi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan bir kishiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat dunyodagi o‘rtacha darajadan 4,4 baravar yuqori bo‘lib, bu agrar sektorning samaradorligi va uning unumdorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mamlakat aholisining faol o‘sishiga qaramay, aholi jon boshiga nisbatan qishloq xo‘jaligining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish barqaror oshib bormoqda:
Don ekinlari – 238,2 kg (5 yil ichida +7,6 foiz)
Kartoshka – 100,0 kg (+8,7 foiz)
Sabzavotlar – 322,7 kg (+6,1 foiz)
Meva va rezavorlar – 88,0 kg (+7,4 foiz)
Uzum – 49,1 kg (+2,9 foiz)
Poliz ekinlari – 72,2 kg (+17,2 foiz)
Go‘sht– 79,2 kg (+7,5 foiz)
Sut – 334,8 kg (+4,9 foiz)
Tuxum – 236,9 dona (+2,4 foiz).
Bu ko‘rsatkichlarning o‘sishi soha jadal rivojlanayotgani va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo'yicha erishilayotgan muvaffaqiyatdan dalolat beradi.
