Ekinlarda oltingugurt tanqisligini aniqlash va bartaraf etish choralari
2025-03-24 15:00:00 / Yangiliklar

Tuproqdagi oltingugurt darajasini nazorat qilish uchun muntazam tuproq sinovlari muhimdir. Organik moddalar, masalan, kompost va go’ng, oltingugurtni tabiiy ravishda oshirishi mumkin, ammo talab katta bo’lganda elemental oltingugurt yoki ammoniy sulfat kabi o’g’itlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, kislotali tuproqlar oltingugurtni kamroq saqlashi mumkin, shuning uchun ohak qo’shimchalari bilan balansni saqlash zarur. Bunda e’tibor qilinadigan muhim jihat shundaki, qo’llaniladigan ohakning sifat ko’rsatgichi va uning reaksiga kirishishidagi jarayonni nazorat qilishdir.
Qumli tuproqlar yoki nam sharoitlarda oltingugurt yuvilish ehtimoli yuqori, shu sababli, tuproq turi va ob-havo sharoitiga mos strategiyalar tanlash muhim. Tezkor choralar sifatida esa sulfat eritmalarini barglarga purkash orqali yetishmovchilik tezda bartaraf etilishi mumkin.





