Do‘lana maydonlarida Kalmaraz (Parsha) kasalligiga qarshi kurash choralari
2025-03-24 14:20:00 / Yangiliklar
Kalmaraz - Do‘lana daraxtlarida (Venturia inaequalis) qo‘zg‘atadigan zamburug‘ kasalligi hisoblanadi. Uning sporalari to‘kilgan barglarda, mitseliy zararlangan shoxlarning po‘stlog‘ida qishlab qoladi. Erta bahorda zamburug‘ unib chiqadi. Do‘lana daraxtlarining kalmaraz kasalligi bilan keng zararlanishi havo harorati +4°C dan +30°C oralig‘ida bo‘lib, kurtaklarni bo‘rtishi, gullash va urug‘donlarning shakllanishi davrida kuzatiladi.

Kasallik belgilari: Barg va mevalarning ustlarida jigarrang, kulrang yoki zaytun-yashil tusli dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar kattalashib, barg va mevaning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Kimyoviy qarshi kurashish choralari:
"Xorus" ("Siprodinil" 750 g/l) 0,2-0,4 l/ga, "MIRAVIS Duo" 200 k.s. ("Difenokonazol" + "Pidiflumetofen") 0,5-0,75 l/ga hamda "STAR TOP 32,5%" sus.k. ("Azoksistrobin" + "Difenokonazol") 0,3-0,5 l/ga qo‘llash tavsiya etiladi.



