Andijonda ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatildi
2025-03-19 21:35:00 / Yangiliklar

Tuman mutasaddilari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor oilalarga yordam ko‘rsatildi.
Xususan, “Yashil makon” loyihasi doirasida 700 ta xonadonga 5000 ta olma, o‘rik, shaftoli va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi. Shuningdek, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ko‘chatlarni ekish va parvarish qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 120 ta xonadonga 2000 ta parranda, 4000 ta o‘rdak va qo‘y bir oylik ozuqa zaxirasi bilan yetkazib berildi.
Chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish maqsadida tajribali veterinarlar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Shu bilan birga, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari tomonidan 1 394 gektar yer maydonining 540,7 gektarida ekin ekish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida 1,5 km uzunlikdagi suv yo‘llari va 600 metr ariq va zovurlar hamda viloyatda sug‘orish tizimini yaxshilash doirasida 72 km uzunlikdagi ariqlarning 13 km qismini betonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur tashabbuslar aholining daromad manbalarini kengaytirish va qishloq xo‘jaligidagi samaradorlikni oshirishga qaratilgan ahamiyatli







