Mavjud muammolarga yechim topish soha rivojini ta'minlovchi omil
2025-03-15 18:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda paxta to‘qimachilik klasterlarining ish uslubi, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish subyektlarida erishilayotgan natijalar, jamoalar moddiy manfaatdorligini ta’minlashda amalga oshirilayotgan oqilona ish tutumi borasida muhokamalar olib borildi.
Vazir uchrashuv davomida bugungi davr ishbilarmon tabaqa vakillari zimmasida turgan muhim vazifalar, davlatimiz rahbari tomonidan biznes vakillariga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, yurtdoshlarimiz moddiy manfaatdorligini ta’minlash yo‘lida ro‘yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, har bir tadbirkor bugun xalqimiz turmushi farovonligi yo‘lida bor kuch va imkoniyatini ishga solishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Muloqot davomida klaster rahbarlari soha oldida turgan muammo hamda masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.



