Shu yurtga sadoqat, shu zaminga muhabbat tuygʻulari aynan ta’lim maskanlarida shakllanadi
2025-03-14 17:00:00 / Yangiliklar

Tashrif dasturiga koʻra, vazir Parkent tumanidagi 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabida boʻlib, maktab hududida olib borilayotgan bahorgi obodonlashtirish ishlari hamda bahor bayrami – Navroʻzi olamga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har bir yoshning qalbida yurtga sadoqat, oʻzi tugʻilib oʻsgan zaminga boʻlgan muhabbat tuygʻulari aynan mana shunday ta’lim maskanlarida shakllanadi. Bu jihatdan olganda, yurt obodligi, mahalla va guzarlarning ozoda va fayzli boʻlishi koʻp jihatdan ta’lim-tarbiya maskanlari bilan chambarchas bogʻliq.
Ibrohim Abdurahmonov bu yerda bahorgi obodonlashtirish va Navroʻz bayramiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishar ekan, ta’lim maskanida har bir sinfga biriktirilgan holda tashkil etilgan “Yashil hudud”lar oʻquvchilarning qalbida ona tabiatga muhabbat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, ta’lim maskaniga tutash hududlar, ariqlarning boʻylari va koʻchalar yoqasini obodonlashtirish ishlarini kechiktirmasdan amalga oshirish, Navroʻz bayramini munosib nishonlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.






