Tog‘olchaning Kometa navi
2025-03-11 18:30:00 / Yangiliklar
Tog‘olchaning ushbu navi O‘zbekiston O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan bo‘lib, 1995-yildan Davlat reyestriga kiritilgan.

Tog‘olcha daraxtining bo‘yi – 3,8 metr, shox-shabbasi – 4,3 metr. Sovuqqa (–25°C gacha) chidamli.
Mevasi iyul oyining birinchi o‘n kunligida pishadi, danagi etidan yaxshi ajraladi. Ekilgandan so’ng 3-4 yili hosilga kirishni boshlaydi. Mevasining o‘rtacha vazni – 41-45 gramm.
1 gektar maydondan hosildorligi – 219,4 sentnerni tashkil etadi.
