Klaster xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
2025-03-11 15:45:00 / Yangiliklar

Unda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishning asosiy mavzularidan biri yaqinda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 145-sonli qaror bo‘ldi. Ushbu qaror doirasida qishloq xo‘jaligi klasterlari faoliyatini takomillashtirish, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Klaster xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan mazkur qarorning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan turli takliflar bildirildi. Xususan, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, sug‘urta va kredit tizimlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, yig‘ilishda mavjud muammolar batafsil tahlil qilindi. Jumladan, ayrim klaster xo‘jaliklarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini modernizatsiya qilish va ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
Ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha klaster xo‘jaliklari rahbarlarini faol hamkorlikka chaqirib, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasida yanada yuqori natijalarga erishish uchun tizimli ishlash muhimligini qayd etildi.



