Qora-ola qoramol zoti
2025-03-11 15:00:00 / Yangiliklar
Qora-ola qoramol zoti – sut yo‘nalishidagi qoramol zoti. Rossiyada XVIII asrda turli zonalarda urchitilgan mahalliy zotni Ostfriz, Shved qora-ola va boshqa shunga o‘xshash zotlar bilan chatishtirib chiqarilgan.

Ushbu mintaqalarning aksariyatida o‘zining yuqori sifatliligi va raqobatbardoshliligi bo‘yicha rayonlashtirilgan zotlar salmog‘ida birinchi o‘rinni egallaydi. Jussasi yirik, tanasi uzunroq, terisi qayishqoq. Tusi qora-ola.
Buqalarning vazni 850-1000 kg, sigirlariniki 500-650 kg. Go‘sht mahsuldorligi yuqori (so‘yim chiqimi 54–58%).
Sigirlarining sut sog‘imi 3500-4500 litr (sersut sigirlariniki 15–17 ming litrga yetadi). Novvoslari 15–18 oyligida 480–550 kg ga yetadi.
